Maxfiylik siyosati
1. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Telegram orqali kirganda: Telegram identifikatori, ism, foydalanuvchi nomi va profil rasmi.
Oʻzingiz bergan maʼlumotlar: telefon raqami, eʼlonlar, doʻkon maʼlumotlari, rasm va videolar, buyurtmadagi manzil va xaritadagi joy.
2. Nima uchun kerak
Kirish, eʼlon va doʻkonlarni koʻrsatish, buyurtmani sotuvchiga yetkazish, xabarnomalar yuborish va qoidabuzarlikka qarshi kurashish uchun.
3. Kim koʻradi
Eʼlon va doʻkondagi kontaktlar hammaga ochiq. Buyurtmadagi ism, telefon va manzilni faqat shu buyurtma tushgan doʻkon egasi koʻradi.
Maʼlumotlar reklama uchun sotilmaydi. Rasmlar bulutli xotirada saqlanadi, xarita tasvirlari OpenStreetMap orqali yuklanadi.
4. Rasmlardagi joylashuv
Rasm yuklanganda undagi metamaʼlumotlar, jumladan GPS koordinatalari oʻchiriladi.
5. Oʻchirish
Eʼlon va doʻkonni istalgan vaqtda oʻzingiz oʻchirishingiz mumkin. Hisobni toʻliq oʻchirish uchun @ekonuzbot botiga yozing.
6. Tashriflar va statistika
Xavfsizlik va qoidabuzarlikka qarshi kurashish uchun kirgan kuningiz, IP-manzil, qurilma turi va ochilgan sahifalar soni saqlanadi. IP-manzil va qurilma turi 90 kundan keyin oʻchiriladi. Ularni faqat Servis maʼmuriyati koʻradi.
Saytdan foydalanishni tushunish uchun Google Analytics va Yandex Metrika ishlatiladi: ular oʻz cookie fayllaridan foydalanadi. Telefon raqami va manzil ularga yuborilmaydi.